Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xorvatiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xorvatiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xorvatiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Xorvatiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (residensiyasi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi. 2026-yil uchun qo‘shma tadbirlar rejalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli o‘zbek-xorvat aloqalarini kengaytirish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, jumladan delegatsiyalar tashriflari almashinuvi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va boshqa tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling