Oʻzbekiston va Xitoy strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Xitoy strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Taraqqiyot tadqiqotlari markazi direktori Lu Xao bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilganini hamdayangi davrdagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik xususiyatiga ega ekanligini alohida ta’kidladilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida ekspert-tahliliy aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.
Yashil energetika, sanoat, suvni tejash va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha birgalikda yechimlar ishlab chiqish hamda muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tizimli sheriklikni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
2025-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlanishi 17,8 milliard dollarga yetdi. 2026-yilning yanvar-fevral oylari holatiga ko‘ra, o‘zaro savdo hajmi 3,19 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, eksport ko‘rsatkichlari 13 foizga o‘sdi.