Valyuta kurslari 19/01/2026
$1 – 11962.78
UZS – -0,06%
€1 – 13887.59
UZS – -0,29%
₽1 – 153.94
UZS – 0,9%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xitoy oltin konlarini oʻzlashtirish va qimmatbaho metallarni qayta ishlash boʻyicha kelishuvlar imzoladilar

Oʻzbekiston va Xitoy oltin konlarini oʻzlashtirish va qimmatbaho metallarni qayta ishlash boʻyicha kelishuvlar imzoladilar

Oʻzbekiston va Xitoy oltin konlarini oʻzlashtirish va qimmatbaho metallarni qayta ishlash boʻyicha kelishuvlar imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amaliy tashrif doirasida Surxondaryo viloyatiga kelgan Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda "JDB Group Limited" kompaniyasi raisi Chen Xung To boshchiligidagi delegatsiya viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv va taqdimotlar jarayonida mehmonlarga Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyati, hududning strategik geoiqtisodiy joylashuvi, ishga solinmagan resurs va zaxiralar, shuningdek, tashqi bozorlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar atroflicha taqdim etildi.

Delegatsiya hamraisi Long Yuysyan Surxondaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori eksportbop salohiyatini alohida e’tirof etib, hududda yetishtirilayotgan sifatli va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Gonkong bozorlariga chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

Mehmonlar Termiz xalqaro savdo markazi Janubiy, Shimoliy va Sharqiy Osiyo davlatlarini o‘zaro bog‘lovchi muhim mintaqaviy logistika habi sifatida shakllanish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlab, Gonkonglik investorlarni Surxondaryo viloyatiga jalb etishda ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Xitoy delegatsiyasining Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi yakunlangach, mehmonlar viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportidan kuzatib qo‘yildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling