Oʻzbekiston va Xitoy elektrotexnika sanoatiga qoʻshma investitsiyalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy elektrotexnika sanoatiga qoʻshma investitsiyalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy elektrotexnika sanoatiga qoʻshma investitsiyalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23–27-mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasining "C&D Emerging Energy" kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Yan Jie boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida 24-mart kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosida uyushma boshqaruvi raisi Mirziyod Yunusov hamda "C&D Emerging Energy" kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Yan Jie o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, xususan, kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda kelgusidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling