Oʻzbekiston va Vetnamning ROX Group kompaniyalari shahar infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish niyatida
Oʻzbekiston va Vetnamning ROX Group kompaniyalari shahar infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish niyatida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vetnamning “ROX Group” kompaniyasi raisi Chan Anh Tuan bilan uchrashdi.
“ROX Group” energetika, shaharsozlik, turizm hamda moliyaviy xizmatlar sohalarida loyihalarni amalga oshiruvchi Vetnamning yirik ko‘p tarmoqli kompaniyalaridan biridir.
Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahri va mamlakat hududlarida kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan, zamonaviy shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan amaldagi loyihalarni jadallashtirish choralari hamda investitsiyaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.