Valyuta kurslari 25/12/2025
$1 – 12067.60
UZS – 0,13%
€1 – 14239.77
UZS – 0,19%
₽1 – 153.71
UZS – 0,0%
Qidirish
Oʻzbekiston va Vetnam investitsiya hamkorligini kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Vetnam investitsiya hamkorligini kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston va Vetnam investitsiya hamkorligini kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi Ishchi guruhning Vyetnamga tashrifi doirasida 23-dekabr kuni Vyetnamning qator yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, Masan Group korporatsiyasi bilan kritik minerallarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Sovico Group bilan transport, shaharsozlik, turizm hamda bank-moliya sohalarida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ROX Group kompaniyasi bilan turizm va shaharsozlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan amaldagi loyihalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vingroup korporatsiyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi VinHomes, VinPearl va VinFast kompaniyalari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vingroup korporatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunida O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling