Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Oʻzbekiston va Vengriya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Vengriya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Vengriya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Vengriya Milliy Assambleyasi Raisi Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar o‘zaro do‘stlikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanib borayotgani, 2021 yilda Vengriyaning Yevropa Ittifoqi doirasida O‘zbekistonning birinchi strategik hamkori sifatida e’tirof etilgani aynan yuqori siyosiy muloqot natijasi ekani qayd etildi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sayotgani, qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi izchil kengayayotgani ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi faol almashinuvlar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekistondagi islohotlar, parlament nazoratining kuchaytirilishi va qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlar do‘stlik guruhlari faoliyatini jonlantirish, parlament apparati xodimlari uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qonunchilik jarayonini raqamlashtirish va elektron parlament tizimini rivojlantirish, fan, ta’lim, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida hamkorlikni kuchaytirish hamda parlament faoliyati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga doir muhim hujjat imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling