Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullandi

Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullandi

Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Budapesht, 2025-yil 20-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bugungi kunda terrorizm, ekstremizm, iqtisodiy jinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikning turli ko‘rinishlaridan kelib chiqadigan xavf-xatarlar ortib borayotgani davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va bu sohadagi huquqiy asoslarni takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlararo huquqiy yordamni yo‘lga qo‘yish va uni tizimli ravishda amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ushlab berish masalalari bo‘yicha amalda shartnomaviy asos mavjud emasligi ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini cheklamoqda.

Mazkur shartnoma muqaddima va 26 ta moddadan iborat bo‘lib, unda jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki ularga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish maqsadida ushlab berish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan.

Shartnoma kuchga kirishi natijasida O‘zbekiston va Vengriya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rish samaradorligi oshadi. Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslarning jazodan qochib qutulishiga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni javobgarlikning muqarrarligi prinsipi ta’minlanadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling