Oʻzbekiston va Ukraina Samarqandda boʻlib oʻtgan YUNESKO sessiyasida hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-noyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Maryana Betsa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston–Ukraina munosabatlarining dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
M.Betsa YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilgani o‘zbek diplomatiyasining katta yutug‘i bo‘lganini va O‘zbekiston xalqaro muloqotning muhim markazi hamda dunyoga ochiqlik ramzi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.