Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va UBAF savdo moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va UBAF savdo moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va UBAF savdo moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev “Union de Banques Arabes et Françaises (UBAF)” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha rahbari Olivye Grizard bilan uchrashuv o‘tkazdi.

UBAF xalqaro savdoni moliyalashtirish hamda eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan yetakchi banklardan biri bo‘lib, Yevropa va arab mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va UBAF o‘rtasida savdoni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash, eksport operatsiyalarini moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar savdoni moliyalashtirish instrumentlarini keng qo‘llash, eksportni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling