Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston va UBAF banklararo hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va UBAF banklararo hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va UBAF banklararo hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Abdulla Xoshimov Union de Banques Arabes et Françaises (UBAF) kompaniyasining mintaqaviy direktorlaridan biri Olivye Grizar va Olivye Topuz bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida UBAF kompaniyasining O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirish nuqtai nazaridan uning rivojlanish strategiyasi, xalqaro miqyosdagi yutuqlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonning xalqaro savdo aloqalarini yanada faollashtirish, eksport-import yo‘nalishlarini kengaytirish hamda Yevropa, Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlashda qo‘llaniladigan zamonaviy moliyaviy vositalar - hujjatli akkreditivlar, xalqaro kafolatlar, savdo va eksport kreditlari, shuningdek, eksport-kredit agentliklari va ko‘p tomonlama moliyaviy institutlar bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar banklararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, eksportni moliyalashtirishda innovatsion mexanizmlarni joriy etish va moliya sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish borasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling