Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilishni tasdiqladilar
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilishni tasdiqladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Turkmaniston Prezidentining yaqinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining boʻlajak yigʻilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni samarali ilgari surish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish muhimligi taʼkidlandi.
#Shavkat Mirziyoyev