Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiyaning Abdi Ibrohim kompaniyasi farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiyaning Abdi Ibrohim kompaniyasi farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiyaning Abdi Ibrohim kompaniyasi farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Turkiyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi - “Abdi Ibrahim Ilac” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika bozorida marketing tadqiqotlarini kengaytirish, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini kuchaytirish, ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni o‘rganish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, investitsion va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling