Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiya telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Turkiya telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Turkiya telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Turkiyaning yirik telekommunikatsiya kompaniyasi “Türk Telekom” bosh direktori Ebubekir Shahin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik aloqalar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, telekommunikatsiya bozorining raqobatbardoshligini oshirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish va texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling