Oʻzbekiston va Turkiya qoʻshma turizm loyihalari boʻyicha kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga amaliy tashrifi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Safar doirasida ko‘plab kompaniyalar va tadbirkorlar bilan manfaatli shartnomalar imzolanib, yangi kelishuvlarga erishilmoqda.
“Dilrabo travel” turizm kompaniyasi va “Tumbaloo Tourizm travel agensy” kompaniyasi o‘rtasida loyiha qiymati 15,3 mln dollar bo‘lgan, Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatini turk tur kompaniyalari orqali tanitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Bursa shahrida “Batmaz Tekstil” kompaniyasi — tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi, “Qo‘qon texnoparki” maxsus sanoat zonasi hamda “Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo kompleksida yaratilgan imkoniyatlar va yurtimizdagi investitsion muhit haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida korxona vakillarining joriy yil dekabr oyida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.