Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish va 2026-yilga moʻljallangan qoʻshma loyihalar rejalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish va 2026-yilga moʻljallangan qoʻshma loyihalar rejalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish va 2026-yilga moʻljallangan qoʻshma loyihalar rejalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi-(TIKA) rahbari Esin Ajar Ergin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekistonda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va formatlarini izlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu nuqtai nazardan, ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga, jumladan, O‘zbekistondagi ta’lim tashabbuslariga turkiyalik o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etishga, tajriba almashishga hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qiziqish bildirilgani ta’kidlandi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosini asrash va ommalashtirishga qaratilgan loyihalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling