Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiya biznes va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya biznes va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya biznes va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov hamda Turkiyaning Zile Savdo palatasi raisi Nejati Biche boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish hamda O‘zbekistondagi biznes muhitini o‘rganish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qo‘shma korxonalarni tashkil etish va mahsulot yetkazib berish yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida mavjud ehtiyojlar hamda imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda sut va parrandachilik mahsulotlari, avtomashina ehtiyot qismlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Ushbu sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va kooperatsiyani kuchaytirish orqali ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi hamkorlik platformalari yaratish mumkinligi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar aloqalarni izchil davom ettirish, biznes-missiyalar va kooperatsiya uchrashuvlarini tashkil etish orqali amaliy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling