Oʻzbekiston va Tojikiston kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Tojikiston kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Tojikiston kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sh. Kabir boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar kon-metallurgiya va sanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati hamda uni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qildilar. “OKMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ kabi korxonalardagi loyihalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Tomonlar kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi, jumladan, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi istiqbolli yoʻnalishlarni koʻrib chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling