Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Oʻzbekiston va Tojikiston energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Tojikiston energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Tojikiston energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda shuningdek, ikki mamlakat energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama hamkorlik bugungi kunda barcha yo‘nalishlarda, xususan, energetika sohasida ham izchil va samarali rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar energetika tizimlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, elektr tarmoqlarini rivojlantirish va elektr energiyasi almashinuvi hajmini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, “Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qayta ulanish” loyihasi doirasidagi texnik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida o‘zaro qardoshlik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling