Oʻzbekiston va TIKA kooperativlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va TIKA kooperativlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligida Vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Achar Ergin xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda aholi farovonligini oshirish va qishloqlarda kambagʻallikni qisqartirishda kooperativlar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Samarqand viloyatidagi “Navkat COOP” hamda Surxondaryo viloyatidagi “Dilorom COOP” kooperativlari misolida aholini ish bilan taʼminlash, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha erishilgan amaliy natijalar taqdimot qilindi.
Shuningdek, Turkiyaning ayollar va yoshlar kooperativini rivojlantirish borasidagi ijobiy tajribasini oʻrganish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.