Valyuta kurslari 29/12/2025
$1 – 12057.32
UZS – -0,18%
€1 – 14192.67
UZS – -0,29%
₽1 – 155.16
UZS – -0,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va Suriya savdo aloqalarini kuchaytirmoqda: Damashq bozori tadbirkorlar uchun ochilmoqda

Oʻzbekiston va Suriya savdo aloqalarini kuchaytirmoqda: Damashq bozori tadbirkorlar uchun ochilmoqda

Oʻzbekiston va Suriya savdo aloqalarini kuchaytirmoqda: Damashq bozori tadbirkorlar uchun ochilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va O‘zbekistonning Kuvaytdagi Elchisi Ayubxon Yunusov Damashq shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Alaa Omar al-Ali hamda bosh direktori Muhammad Omir al-Homisiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suriya Savdo palatalari federatsiyasi — Suriyadagi barcha hududlardagi Savdo palatalarini birlashtiruvchi markaziy tashkilot hisoblanadi. U xususiy sektor manfaatlarini davlat darajasida ifodalaydi. Bugungi kunda Federatsiya Damashq, Aleppo, Xoms, Hama, Latakiya va boshqa mintaqalar Savdo palatalari hamda minglab xususiy kompaniya va tadbirkorlarni o‘zida birlashtirgan.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Suriya tomoni mamlakat uzoq yillik notinchlikdan so‘ng ochiq iqtisodiy siyosatga qaytib, investitsiya va sanoatni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.

O‘zbekiston mahsulotlariga, xususan elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga Suriya bozorida qiziqish yuqori ekani qayd etildi.

Joriy yil 25 noyabr kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil boshidan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlashini qayd etgan.

Tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston tadbirkorlari kelasi yilda Damashqda o‘tkaziladigan “Damascus International Fair–63” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etildi.

Shuningdek, 2026 yilning birinchi choragida Suriyaning yirik tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, biznes-forum va B2B uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling