Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston va Sloveniya taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Sloveniya taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Sloveniya taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov Sloveniya Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat kotibi, Sloveniya Prezidentining xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi Yure Gashparich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma ilmiy dasturlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, yoshlar uchun taʼlim imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oʻrtasida Oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat universitetlar va ilmiy markazlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, qoʻshma anjuman va seminarlar tashkil etish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling