Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 27/06/2025 Oʻzbekiston va Shveysariya Afgʻoniston yoʻnalishi va suv resurslari boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Shveysariya Afgʻoniston yoʻnalishi va suv resurslari boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Shveysariya Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari hamda mintaqaviy suv resurslarini boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirganliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling