Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

2026-yilda o‘zaro manfaatli bo‘lgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling