Oʻzbekiston va Ruminiya ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Ruminiya ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyel Kristian Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirish, ko‘p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma ish rejasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar TIVning tegishli bo‘limlari o‘rtasida siyosiy va konsullik maslahatlari, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya majlislari hamda xalqaro avtomobil tashishlari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishlarini o‘tkazish orqali ikki tomonlama hamkorlikning barcha sohalarida faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.