Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlararo muloqot orqali strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlararo muloqot orqali strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlararo muloqot orqali strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Federativ tuzilma, mintaqaviy siyosat, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va Shimol ishlari qo‘mitasi raisi Andrey Shevchenko bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa, ikki davlat Prezidentlari o‘rtasidagi muntazam muloqot hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sur’atni oshirayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqalararo aloqalarning faollashuvi ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitayotgani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda ikki davlatning samarali parlamentlararo muloqotning hozirgi darajasi yuksak baholandi. Jumladan, joriy yilda Qozon shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning o‘ninchi majlisi o‘tkazilib, ta’lim, raqamlashtirish, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, turizm, aviaqatnovlar va yoshlar siyosati bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani e’tirof etildi.

Ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda. 2024 yilda Moskvada o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari”, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar hamda turizm sohasidagi ijobiy dinamika buni yaqqol tasdiqlashi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling