Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik koʻp qirrali xarakterga ega ekanini alohida taʼkidladilar. Bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan boʻlib, oʻzaro hamkorlik izchil kengayib bormoqda. 

Shuningdek, akademik mobillikning ortishi, oʻzbekistonlik yoshlarning Rossiya oliygohlarida tahsil olishga boʻlgan qiziqishining oʻsib borayotgani alohida qayd etildi. Muloqot davomida taʼlim sifatini oshirish, amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, shuningdek, Rossiya oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling