Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Oʻzbekiston va Rossiya jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Oʻzbekiston va Rossiya jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyarev ayni kunlarda mamlakatimizga tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Bugun Sport vazirligida mazkur delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va rasmiylar ishtirok etdi.

Uchrashuvda 2025-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi yakunlari, 2026-yilda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Mehmonlarga Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida bunyod etilgan Olimpiya shaharchasi imkoniyatlari haqida videorolik namoyish etildi hamda jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarini o‘tkazish borasida erishilayotgan yutuqlar borasida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Bayonnoma hamda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi imzolandi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Mixail Degtyarev o‘z nutqida O‘zbekiston sportchilarining yirik xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida bunyod etilgan zamonaviy Olimpiya shaharchasi imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling