Valyuta kurslari 03/11/2025
$1 – 12005.09
UZS – -0,17%
€1 – 13898.29
UZS – -0,51%
₽1 – 148.56
UZS – -0,54%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya bojxona ekspertizasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya bojxona ekspertizasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya bojxona ekspertizasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasining Rossiya Federatsiyasidagi vakili Rossiya federal bojxona xizmati mas'ulalri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Rossiya Federatsiyasidagi vakili R. Akramov Rossiya federal bojxona xizmati Markaziy ekspert-kriminalistika bojxona boshqarmasi (MEKBB) boshlig‘i G.G. Samosorov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Shuningdek, ushbu boshqarmaning asosiy bo‘limlari faoliyati, ekspertiza o‘tkazish jarayonlari va laboratoriya bazasi bilan tanishdi.

MEKBB — bojxona organlari manfaatlari uchun keng ko‘lamli bojxona va sud ekspertizalarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan muassasa bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining barcha hududlarini qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 9 ta hududiy filial va 36 ta ekspert-kriminalistika bo‘linmasiga ega. 

691 nafar xodim, shu jumladan 400 nafar mutaxassis-ekspertlar faoliyat yuritayotgan mazkur boshqarma tomonidan har yili taxminan 30 mingdan ziyod ekspertiza o‘tkazilib, ilmiy-texnik salohiyati va yuqori kasbiy darajasi bilan ajralib turadi.

Uchrashuv davomida ekspertlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tartibi, laboratoriya uskunalarini xarid qilish amaliyoti, shuningdek, ekspertiza usullarini takomillashtirish va malaka oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ekspertlar tayyorlash sohasidagi tajriba, ilmiy izlanishlar yo‘nalishlari hamda laboratoriyalararo sinovlarni tashkil etish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Rossiyadagi vakili faoliyati 2024 yilning aprel oyidan yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqidagi kelishuv 2022 yilning 2 dekabrida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya majlisi doirasida ikkala mamlakat bojxona xizmati rahbarlari tomonidan imzolangan. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling