Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Qozogʻiston togʻ-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir B.Islamov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi tog‘-kon va geologiya sohasidagi hamkorlikning joriy holati hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar geologiya qidiruv ishlari, yer qaʼridan foydalanish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.