Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirliklari yil yakunlari va 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
O‘tayotgan yilning asosiy yutuqlari muhokama qilindi va strategik hamkorlik hamda ittifoqchilikda misli ko‘rilmagan rivojlanish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi.