Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Iqtisod 04/07/2025 Oʻzbekiston va Qozogʻiston sport sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Oʻzbekiston va Qozogʻiston sport sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati hozirda Qozogʻistonning Olmaota shahrida xizmat safarida boʻlib turibdi. Tashrif davomida rasmiylar qardosh mamlakat bilan sport sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Bugun Qozogʻiston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozogʻiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti — taniqli bokschi Gennadiy Golovkin hamda Paralimpiya qoʻmitasi Prezidenti Kayrat Boranbayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot chog‘ida ikki davlat sport sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, terma jamoalar uchun qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, yirik musobaqalarga tayyorgarlikni birgalikda olib borish, iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va infrаtuzilmani rivojlantirishda oʻzaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashrif ikki mamlakat sport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling