Oʻzbekiston va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yermek Kenjexanuli bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat agrar tarmog‘ini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda, shuningdek, don, dukkakli va moyli ekinlarni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasida agrar sohada chuqur integratsiyani ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitib, agrar sohada uzoq muddatli sheriklik uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling