Oʻzbekiston va Qozogʻiston atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Oʻzbekiston va Qozogʻiston atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parijda bo‘lib o‘tgan Yadro energetikasi bo‘yicha II Xalqaro sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi Atom energetikasi agentligi raisi Almasadam Satqaliyev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Atom energetikasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakatda yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash, tajriba almashish, kadrlar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda AES qurilishi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma ishchi guruhini tuzish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuvda energiya iste’moli o‘sib borayotgan mintaqa sifatida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi, energetik xavfsizligini ta’minlash hamda global iqlimiy maqsadlarga erishishda atom energetikasining o‘rniga alohida urg‘u berildi.
Muzokaralar yakunida rasmiy tashrifni tashkil etish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.