Oʻzbekiston va Pokiston xalqaro platformalarda farmatsevtika ishlab chiqarishga investitsiya kiritish va mahalliylashtirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Pokiston xalqaro platformalarda farmatsevtika ishlab chiqarishga investitsiya kiritish va mahalliylashtirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Pokistondagi xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida agentlik mutaxassislari Novamed Pharmaceuticals (Pokistan) va Omur Pharm (O‘zbekiston) kompaniyalari bilan investitsiya, eksport, lokalizatsiya va kadrlarni jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, agentlik direktori Abdulla Azizov Pokistonning Zenith Pharmaceutical korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda API (faol farmatsevtik modda), biologik faol qo‘shimchalar, nutrasitiklar va kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston hududida, jumladan "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasterida API mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.
Ko‘rgazma va uchrashuvlar natijasida ikki mamlakat farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish, mahsulotlar eksportini oshirish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.