Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov hamda Pokiston Bosh vazirining savdo va sanoat masalalari bo‘yicha koordinatori Rana Ixson Afzal Xon o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro investitsiyalarni oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar quyosh energetikasi, axborot texnologiyalari, farmatsevtika kabi strategik sohalarda hamkorlik salohiyati yuqori ekanini taʼkidlab, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma treninglar va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish takliflarini ilgari surdilar.

Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha professional taʼlim tizimini rivojlantirish, xalqaro standartlarga asoslangan o‘quv dasturlari va malaka oshirish markazlarini yo‘lga qo‘yish borasida ham qo‘shma tashabbuslar muhokama etildi.

Tomonlar davlat idoralari va xususiy sektor o‘rtasida doimiy muloqot platformasini yaratish, biznes integratsiyasini kuchaytirish hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling