Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston birgalikda yuqori hosildor bugʻdoy yetishtirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Pokiston birgalikda yuqori hosildor bugʻdoy yetishtirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Pokiston birgalikda yuqori hosildor bugʻdoy yetishtirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Pokiston Islom Respublikasida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov turli vazirliklar hamda nufuzli tashkilotlar vakillari bilan muloqotlar olib bormoqda.

Jumladan, Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir Faysalobod qishloq xo‘jaligi universiteti vitse-prezidenti doktor Zulfikar Ali bilan muzokara o‘tkazdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqotda Faysalobod qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda hosildorligi 10 tonnadan yuqori bo‘lgan gibrid bug‘doy navlarini yetishtirish loyihasini amalga oshirish, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba maydonlarini tashkil etish hamda olingan natijalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, National Institute for Genomics and Advanced Biotechnology huzuridagi Speed Breeding dasturi bo‘limi mudiri doktor Zahid Mahmood bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda bug‘doy seleksiyasida tezkor usullar (Speed Breeding) orqali yangi navlarni yaratish muddatini keskin qisqartirish hamda ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani jadallashtirish, ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda qo‘shma tashabbuslarni qisqa muddatda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling