Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston agrosanoat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Pokiston agrosanoat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Pokiston agrosanoat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari J. Abduzuxurov Pokistonning qator yirik xususiy kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, "Watercon" kompaniyasi rahbari Abid Buxariy, Pokistonning yirik biznes tuzilmalaridan biri – "Habib Rafiq Group" rahbariyati, "Sindhu United Links Exports (Pvt.) Ltd.", Pokistonning yirik go‘sht ishlab chiqaruvchi kompaniyasi – "Fauji Meat Ltd.", shuningdek "OFood" kompaniyasi vakillari bilan muloqotlar olib borildi.

Muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligi, agrosanoat, mahsulotlarni qayta ishlash va eksport yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

"Watercon" kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kartoshka urug‘chiligi, buy-back modeli, in-vitro laboratoriyalar orqali mini-tuber ishlab chiqarish, shuningdek fermerlar bilan shartnomaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, sovuqqa chidamli zaytun navlarini joriy etish, pilot loyihalarni amalga oshirish, ko‘chatchilikda “warm bench” texnologiyasini tatbiq etish hamda zaytun yog‘ini qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Habib Rafiq Group" bilan uchrashuvda agrosanoat kooperatsiyasi, organik dehqonchilik, meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash hamda qo‘shma investitsiya loyihalari masalalariga e’tibor qaratildi.

"Sindhu United Links Exports (Pvt.) Ltd." bilan muloqotda kartoshka, mandarin, guruch (1121 Sella) mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va Rossiya, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston bozorlariga eksport qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fitosanitariya ruxsatnomalari va logistika jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.

"Fauji Meat Ltd." bilan uchrashuvda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, sanitariya talablariga muvofiq eksportni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston bozoriga sovutilgan go‘sht yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi.

"OFood" kompaniyasi bilan esa mango va mandarin mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilish, logistika va yetkazib berish hajmlari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, xususiy sektor tashabbuslariga tayangan samarali va barqaror hamkorlik modellarini joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling