Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston va Paragvay savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirmoqda

Oʻzbekiston va Paragvay savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirmoqda

Oʻzbekiston va Paragvay savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning Paragvay Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Asunsion shahrida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar sanoat va savdo, chorvachilik, geologiya vazirlari hamda Paragvay Milliy elektr energiyasi administratsiyasi (ANDE) rahbari bilan o‘tkazildi.

Tomonlar bozorlarga o‘zaro kirish imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, savdo hajmini oshirish, agro sanoat, energetika, konchilik, kimyo va to‘qimachilik sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikning mustahkam institutsional asoslarini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.

Savdo aylanmasini ko‘paytirish, go‘sht mahsulotlarini muntazam yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston o‘g‘itlari va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish, “Maquila” rejimi asosida MERCOSUR bozorlariga chiqishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Hukumatlararo komissiya tuzish hamda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yetakchi Paragvay kompaniyalari rahbarlari ishtirokida davra suhbati ham tashkil etilib, unda amaliy natija beradigan investitsiya loyihalari hamda erishilgan kelishuvlarni tezkor ijroga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling