Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston va Ozarbayjon notariat tizimini raqamlashtirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon notariat tizimini raqamlashtirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon notariat tizimini raqamlashtirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston va Ozarbayjon adliya vazirliklari oʻrtasida notariat tizimini rivojlantirish sohasida tajriba almashish boʻyicha muhim onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda ikki mamlakatning vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, notariat tizimida joriy qilingan zamonaviy axborot texnologiyalarni oʻrganish, notariat xizmatlarini raqamlashtirish, hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi va ilgʻor tajribalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot natijasida sohada va mutaxassislar bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqildi.

Bu kabi tashabbuslar, avvalo, notariuslarning ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling