Valyuta kurslari 24/11/2025
$1 – 11971.40
UZS – 0,48%
€1 – 13797.04
UZS – 0,45%
₽1 – 151.81
UZS – 2,39%
Qidirish
Oʻzbekiston va Ozarbayjon ilm-fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Ozarbayjon ilm-fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Ozarbayjon ilm-fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan sohalarda kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida oliy ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv va startap hamkorligini kuchaytirish, talabalarga grant ajratish hamda 2026-yilda rektorlar forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi huzuridagi Fan va oliy ta’lim bo‘yicha davlat agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling