Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston va Ozarbayjon ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik qo‘mitasining qo‘shma majlisi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning ijrosiga bag‘ishlandi.

Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, masʼul vazirlik va idoralar, uyushmalar, tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar, imzolangan ikki tomonlama hujjatlar va tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning ijrosi yuzasidan qator vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Muhokama davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya, kooperatsiya loyihalarining ijrosini jadallashtirish, transport-logistika, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma tashabbuslarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, masʼul vazirlik va idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish, kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini faollashtirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Majlis yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijadorligini taʼminlash hamda ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling