Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va OTP Group bank xizmatlari va qishloq xoʻjaligi loyihalarini raqamli rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqmoqda

Oʻzbekiston va OTP Group bank xizmatlari va qishloq xoʻjaligi loyihalarini raqamli rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqmoqda

Oʻzbekiston va OTP Group bank xizmatlari va qishloq xoʻjaligi loyihalarini raqamli rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov OTP Bank boshqaruvi a’zosi va bosh direktor o‘rinbosari Laszlo Wolf bilan uchrashdi.

OTP Group Vengriyaning yetakchi bank-moliya guruhlaridan biri hisoblanadi. Guruh tarkibida jami 1 656 ta filial faoliyat yuritadi. Aktivlar hajmi 102 mlrd yevro, bozor kapitallashuvi 12,4 mlrd yevroni tashkil etadi. Mijozlar soni 17 mln, xodimlar soni 41 ming nafar. Kapital rentabelligi 9,8%ni tashkil qiladi.

Suhbat davomida OTP Group tomonidan “Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish loyihasining keyingi bosqichlarini amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya raqamli xizmatlarni kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish qulayligini oshirishga qaratilgan yangi mobil bank platformasini ishga tushirishni rejalashtirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy agro-sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va OTP Group o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga o‘zaro tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling