Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston va O‘mon taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va O‘mon taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va O‘mon taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyevning O‘mon Sultonligi ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al Shaibani bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vazir Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yuqori saviyada tashkil etilganini qayd etib, mazkur nufuzli anjuman doirasida qabul qilingan qarorlar xalqaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda kasbiy ta’lim va innovatsiya sohalarida tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, M.al-Shibaniy O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlik ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni sifat jihatdan boyitish maqsadida ikki davlatning tegishli vazirlik va ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling