Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Toshkent – ​​Ulan-Bator toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻyishni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Toshkent – ​​Ulan-Bator toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻyishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Nazarov Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi. 

Aviakompaniya rahbari P.Munxjargal joriy yil sentyabr oyidan Ulan-Bator – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni tashkil etish,  qolaversa, tranzit yuklarni tashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.     

Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tomonlar kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling