Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va Misr sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Misr sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Misr sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamer Xammad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Muloqot avvalida Alisher Temirov mamlakatimizdagi milliy regulyator tizimi, uning rivojlanish yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–137-son Farmoni ijrosi doirasida milliy regulyator tizimini takomillashtirish, klinik tadqiqotlar sohasini rivojlantirish, texnologiya transferi hamda mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, dori vositalari sifatini baholash, xalqaro standartlarga muvofiq sinov va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Janob Tamer Xammad O‘zbekiston bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytirish Misr tomonining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Elchi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib borayotganini, bu jarayonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘zaro savdoni kengaytirish va sarmoyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tashrif doirasida Elchi Markazning sifat nazorati laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga analitik usullar, xalqaro talablarga javob beruvchi sinov jarayonlari hamda laboratoriyalarda joriy etilgan sifat menejmenti tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamer Xammad Markaz laboratoriyalarining yuqori texnologik imkoniyatlarini yuksak baholab, O‘zbekiston farmatsevtika tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, ochiqlik va innovatsion yondashuvlar jadal olib borilayotganini alohida ta'kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling