Valyuta kurslari 28/01/2026
$1 – 12128.02
UZS – 0,25%
€1 – 14419.00
UZS – 0,46%
₽1 – 158.52
UZS – -0,08%
Qidirish
Oʻzbekiston va Misr farmatsevtika sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirishga intiladi

Oʻzbekiston va Misr farmatsevtika sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirishga intiladi

Oʻzbekiston va Misr farmatsevtika sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirishga intiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov Misr Arab Respublikasining davlat farmatsevtika xolding kompaniyasi ACDIMA raisi Olfat Gorab bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar farmatsevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, jumladan dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi hamda Misr farmatsevtika mahsulotlarining O‘zbekiston bozorida yanada kengroq taqdim etilishi masalalari muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun mintaqaviy xab sifatidagi yuqori salohiyati qayd etildi.

Alohida e’tibor o‘zbek farmatsevtika kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish imkoniyatlariga qaratildi. Shu doirada tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish va farmatsevtika mahsulotlarini bozorga chiqarish muddatlarini tezlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston tomoni o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar farmatsevtika sohasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha mazmunli ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling