Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va LuLu Group Yaqin Sharqqa oziq-ovqat eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va LuLu Group Yaqin Sharqqa oziq-ovqat eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va LuLu Group Yaqin Sharqqa oziq-ovqat eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Quvaytdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya Quvaytda faoliyat olib boruvchi “LuLu Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, ho‘l va quritilgan mevalar hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari xorijiy hamkorlarga taqdim etildi.

Tomonlar mahsulotlarning sifati, ekologik tozaligi va eksport salohiyati yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

“LuLu Group” rahbariyati taqdim etilgan mahsulotlarni yuqori baholab, ularni o‘z savdo tarmoqlariga kiritish bo‘yicha hamkorlikka katta qiziqish bildirdi.

“LuLu Group” — bosh qarorgohi Abu-Dabi shahrida joylashgan, Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro savdo va chakana savdo tarmog‘i hisoblanadi. Kompaniya yuzlab gipermarket va supermarketlarni boshqarib, millionlab iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va aniq loyihalarni kelishib olish maqsadida, 17-dekabr kuni vazirlik delegatsiyasi Abu-Dabi shahrida joylashgan “LuLu Group” bosh qarorgohida kompaniya bosh rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish uchun taklif etildi.

Shuningdek, 14–15-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Uzbek Food Festival” doirasida O‘zbekiston tarixida ilk bor 23 tonna hajmdagi o‘zbek kishmishi

Quvaytning “Jameel International Company” kompaniyasiga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida faoliyat yurituvchi “Sunny Land Products” kompaniyasi va Quvaytning “Alraya Albayda Trading Co.” importyor kompaniyasi o‘rtasida yana bir eksport kelishuvi amalga oshirildi.

Mazkur shartnoma doirasida Quvaytga ilk bor sakkiz turdagi sublimatsiya qilingan meva mahsulotlari yetkazib berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling