Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Oʻzbekiston va Latviya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Latviya delegatsiyasi tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Latviya transport vaziri Atis Švinka o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston–Latviya Hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi va ikki mamlakat davlat idoralari hamda biznes vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Latviya biznes-forumi tashkil etildi.

Tomonlar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildilar. 2025-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi $273,2 mln tashkil etdi. Tomonlar ushbu ko‘rsatkichni o‘rta muddatda $500 mln yetkazmoqchilar.

Tadbirlar yakunida O‘zbekiston-Latviya va Latviya-O‘zbekiston ishbilarmonlik hamkorligi kengashlari faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi memorandum hamda Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi. B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, logistika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va raqamli iqtisodiyot sohalarida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling