Oʻzbekiston va Koreya texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Oʻzbekiston va Koreya texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Akmal Jumanazarov Korea Conformity Laboratories (KCL) loyiha rahbari Dr. Jaesung J. PARK bilan uchrashdi.
Koreya tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Qayd etish lozimki, Koreya Respublikasi hukumati tomonidan ajratilgan 2,3 mln dollar grant mablag‘i doirasida Korea Conformity Laboratories (KCL) hamkorligida Pskent tumanida maishiy konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash bo‘yicha yangi zamonaviy laboratoriya barpo etildi.
Uchrashuv doirasida mazkur laboratoriyani ishga tushiirlganli va muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi yuzasidan yakuniy hujjat imzolandi.
Shu o’rinda Koreya Savdo, investitsiyalar, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti (KIAT) va Korea Conformity Laboratories (KCL) hamkorligida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari sifatini baholash sinov laboratoriyasini tashkil etish loyihasi bo’yicha navbatdagi qadamlar ko’rib chiqildi.